3- sektor rahbari Do`stlikda sayyor qabul o`tkazdi
Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i, general-mayor
G`ayrat Qodirov Do`stlik tumanining G`afur G`ulom MFYda sayyor qabul o`tkazdi.
Madaniyat saroyida o`tgan muloqotda fuqarolar 3- sektor rahbaridan o`zlarini
qiynayotgan muammolarini hal etishda amaliy yordam so`rashdi. Xususan,
salomatligini tiklash, elektr ta’minotini yaxshilash uchun qo`shimcha
transformator, yo`l belgilari, elektr tayanchlari o`rnatish, tadbirkorlik
faoliyatini yo`lga qo`yish uchun tabiiy gaz tarmog`iga ulanish, ichki ko`chalarni
shag`allashtirishga oid masalalar ko`tarildi.
Bundan tashqari moddiy yordam, ishga joylashish, yashash xonadonining
kadastr hujjatini rasmiylashtirish, suyultirilgan gaz balloni bilan ta’minlash,
tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirish kabi masalalarga mutasaddilar
ishtirokida echim izlandi. Jarayonda 20 dan ziyod ijtimoiy-iqtisodiy va maishiy
masalalarini o`z vaqtida bartaraf etish bo`yicha mas’ullarga topshiriqlar
berildi.
Sayyor qabul davomida ehtiyojmand fuqarolarning 5 nafariga subsidiya asosida
tikuv moshinkasi, 4 nafar yoshlarga oliy ta’lim uchun shartnoma pulining ma’lum
qismi to`langanligi, 2 nafariga tadbirkorlik faoliyati uchun kredit
ajratilganligi haqidagi sertifikat, 1 kishiga nogironlik aravachasi berildi.
Bundan tashqari 1 kishi O`zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul
qilinganligi hamda 16 yoshga to`lgan 3 nafar yoshlarga ИД kartalar topshirildi.
Shu kuni viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i tuman hokimi va
mas’ullar bilan birga “Флора мед” xususiy klinkasi hamda “Chinobod” MFYda
yaratilgan qulayliklarni ko`zdan kechirdi.