3- sektor rahbari madaniyatliklar bilan muloqot qildi
Jizzax viloyati IIB boshlig`i, general-mayor G`ayrat
Qodirov Sharof Rashidov tumanining Madaniyat mahallasida aholi, xususan yoshlar
bilan muloqot qildi. Sayyor qabulda 20 ga yaqin madaniyatliklar o`zlarini
qiynab kelayotgan 25 ga yaqin muammolarini hal etishda sektor rahbaridan yordam
so`rashdi. Xususan, tabiiy gaz hamda elektr ta’minotini yaxshilash,
transformator o`rnatish, uy-joy qurish uchun er ajratish, mahalla aholisi uchun
avtobus qatnovi yo`lga qo`yish, ichki ko`chalarga asfalt va shag`al yotqizish,
xonadonini tabiiy gaz tarmog`iga ulash kabi masalalarga mutasaddilar
ishtirokida echim izlandi.
Shuningdek, yashash uyini ta’mirlash, moddiy yordam
olish, ko`chalarni tungi vaqtda yoritish, salomatligini tiklash, tadbirkorlik
uchun ko`mak zarurligi bayon etildi.
3- sektor rahbari qabul davomida ko`tarilgan
murojaatlarni o`z vaqtida hal etish bo`yicha mas’ullarga topshiriqlar berdi.
Shu bilan birga hudud imkoniyatidan kelib chiqqan holda oilaviy tadbirkorlik
tashabbuslarini qo`llab-quvvatlash, mavjud ijtimoiy-maishiy masalalarni chuqur
o`rganish va bartaraf etish bo`yicha vazifalar belgilab olindi.
Tadbir davomida 6 nafar xotin-qizlarga subsidiya
asosida tikuv moshinasi, 3 nafariga moddiy yordam ko`rsatilganligi haqidagi
sertifikatlar topshirildi. Bir guruh tashabbuskor yoshlar esa viloyat IIB
boshlig`ining faxriy yorlig`i hamda sovg`alari bilan taqdirlandi.
Viloyat IIB boshlig`i shu kuni tuman 3- sektor shtabi
hamda “Голд еcо wатер” MChJ faoliyati bilan ham tanishdi.
Ta’kidlash joiz, sayyor qabulda fuqarolar tomonidan
ko`tarilgan masalalarning ayrimlari 3- sektor ishchi guruhi tomonidan joyiga
chiqib o`rganildi. Xususan, Dilbar Eshmirzaevaning yashash uyini ta’mirlash va
salomatligini tiklash bo`yicha murojaati qanoatlantiriladigan bo`ldi. Shu
ma’noda qilinadigan ishlar belgilandi.
Shuningdek, fuqarolar murojaati asosida mahallaning
Istiqlol ko`chasiga 300 metrlik tabiiy gaz tarmog`ini tortish ishlari ham
boshlab yuborildi.