21 Fevral 2023 yil 249

3- sektor rahbari muqobil energiyadan foydalanish yuzasidan targ’ibot uyushtirdi

Jizzax viloyati Zomin tumani Dashtobod shahrida quyosh panellarini keng joriy etish masalalariga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi. Hokimlik, tashkilot, korxona, muassasalar mutasaddilari, tadbirkorlar va aholi vakillari ishtirokida o’tgan tadbirni Viloyat IIB boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov boshqarib bordi.

Yig’ilishda bir qator sohalar mutaxassislari tomonidan quyosh panellarining iqtisodiy imkoniyatlari, turlari, o’rnatish tartiblari, texnik shartlari, bu maqsadda ajratiladigan kreditlar va imtiyozlar haqida ma’lumotlar berildi.

Text to speech