3- sektor rahbari Yangibog`da sayyor qabul o`tkazdi
Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i, general-mayor G`ayrat Qodirov Baxmal tumanining Yangibog` mahallasi aholisi bilan muloqot qildi. Sektor rahbari qabul avvalida yangidan bunyod etilgan mahalla fuqarolar yig`ini binosida davlat xizmatchilari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Ta’kidlash joiz, shu yilning avgust oyida hududda “Obod xonadon”, “Obod ko`cha” va “Obod mahalla” loyihasi doirasida ko`lamli bunyodkorliklar amalga oshirildi. Yangilanishlar jarayonida ichimlik suvi va elektr ta’minoti yaxshilandi. Ko`chalar kengaytirilib, beton va asfalt yotqizildi, ayrim ko`chalar shag`allashtirildi. Tungi yoritish chiroqlari va kuzatuv kameralari o`rnatilib, ijtimoiy soha ob’ektlari to`liqdan ta’mirdan chiqarildi. Viloyat IIB boshlig`i tuman hokimi va mas’ullar bilan birga muassasada yuzaga keltirilgan qulayliklarni ko`zdan kechirish asnosida mavjud imkoniyatdan samarali foydalanish, fuqarolar murojaatlarini o`z vaqtida hal etish choralarini ko`rish lozimligini ta’kidladi.
Sayyor qabulda fuqarolar o`zlarini qiynab kelayotgan muammolarini hal etishda sektor rahbaridan yordam so`rashdi. Xususan, yo`l belgilari o`rnatish, yashash uyini nomiga rasmiylashtirish, ko`chani shag`allashtirish kabi masalalarga mutasaddilar ishtirokida echim izlandi. Shuningdek, salomatligini tiklash uchun moddiy yordam olish, ko`chalarni tungi vaqtda yoritish, oliy ta’lim uchun shartnoma to`lovini amalga oshirish uchun ko`mak zarurligi bayon etildi.
3- sektor rahbari qabul davomida ko`tarilgan masalalarni hal etish bo`yicha mas’ullarga topshiriqlar berib, ijrosini nazoratga oldi.
Tadbir davomida 10 yaqin yangibog`liklarga maishiy texnikalar hamda o`zini o`zi band qilish uchun 4 nafar xotin-qizlarga subsidiya asosida tikuv moshinalari topshirildi. Savdo sanoat palatasi tomonidan kasbga o`qitilgan 8 kishiga esa sertifkat berilib, bir guruh tashabbuskor yoshlar esa viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig`ining faxriy yorlig`i hamda sovg`alari bilan taqdirlandi.