18 Noyabr 2022 yil 448

3- sektor rahbari Nurafshonda sayyor qabul o’tkazdi

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov Zafarobod tumanining Nurafshon shaharcha fuqarolar yig’inida sayyor qabul o’tkazdi. Hudud aholisi va yoshlar ishtirokida tashkil etilgan muloqot avvalida 5 nafar fuqaroga dori-darmon, “Ayollar daftari”da ro’yxatda turgan 2 nafar ayolga subsidiya asosida tikuv mashinalari, ehtiyojmand oilalar vakillarining 4 nafariga isitish pechlari topshirildi. SHuningdek, “Ayollar daftari”da ro’yxatda turgan 2 kishining davolanish xarajatlari qoplab berilib, 4 nafariga bir martalik moddiy yordam ajratildi.  Bundan tashqari 5 nafar faol yoshlar Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’ining faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

3- sektor rahbarining sayyor qabulida fuqarolar tomonidan elektr va tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash, nafaqa miqdorini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’yish, turar joy ta’miri, uy qurish uchun yer maydoni ajratish, uy bilan ta’minlash, davolanish uchun moddiy yordam hamda tikuv mashinasi olishga oid murojaatlar bayon qilindi.

O’z navbatida 3- sektor ishchi guruhi tomonidan ushbu muammolarga yechim topish choralari belgilandi. CHunonchi, Qurol Toshevning Tinchlik mahallasiga elektr transformatori o’rnatishga oid so’rovi asosida shu kuniyoq mahallaga borildi va masalani hal qilish uchun tegishli korxona vakillari jalb qilindi. Xuddi shunday sayyor qabulda ishga joylashish hamda turar joyini ta’mirlash yuzasidan murojaat qilgan nurafshonlik Lobar Mirzayevaning xonadonida bo’linib, tez kunlarda yordam ko’rsatishga kelishib olindi. 3- sektor rahbarining sayyor qabullari reja asosida hududlarda muntazam o’tkazilmoqda.

 

Jizax viloyati IIB axborot xizmati.

Text to speech