27 Yanvar 2022 yil 577

3-sektor rahbari olis hududlardagi muammolarni o’rgandi

“Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili”da olis va chekka hududlarda aholi muammolari o’rganilib, ularni bartaraf qilish choralari ko’rilmoqda. Xususan, Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov Forish tumani markazidan uzoqda joylashgan qishloqlarda bo’lib, mas’ullar bilan mavjud masalalarni o’rgandi.

Kindiboy qishlog’i Forish tumani markazidan 180 kilometr olisda joylashgan. Ushbu aholi punktiga boruvchi yo’lning 18 kilometri qumli va 2 yarim kilometrida harakatlanish yo’lovchilar uchun noqulaylik tug’diradi. Hattoki avtomashinalarning qumga botib qolish holatlari ham tez-tez takrorlanib turadi. Shu kabi masalalarni hal etish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov tuman hokimi va mutasaddilar bilan birgalikda yo’lning holatini o’rganishdi. Ushbu yo’lni soz holatga keltirish, aholi va yo’lovchilarning erkin harakat qilishlarini ta’minlash choralari muhokama qilinib, shag’al yotqizishga kelishildi. Mazkur vazifani bajarish uchun mas’ullar belgilandi.

Shu kunlarda tumanning yerimbetov qishlog’idagi 50- o’rta umumta’lim maktabi uchun sport zal qurilmoqda. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i mazkur bunyodkorlik ishlari bilan ham tanishdi. Atrofni obod qilish, sport va o’quv jihozlari, mebellar bilan ta’minlash, isitish hamda yoritish tizimlarining o’rnatilishi bilan qiziqib, o’nayotgan avlodning ilm olishi va tarbiyasi uchun barcha mas’ul ekanligi tushuntirildi.

Shuningdek, bilim maskanidagi mavjud muammolarni barataraf qilish bo’yicha vazifalar belgilandi. Shu yerda Darvoza mahallasidagi oilaviy qishloq vrachlik punktiga tez tibbiy yordam avtomashinasi ajratish, aholi uchun munosib sharoit yaratish va odamlarning turmush darajasini oshirish masalalari muhokama etildi. Imkoniyatdan kelib chiqqan holda tadbirkorlikni rivojlantirish bo’yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Boshqarma boshlig’i harbiy qismda olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari bilan ham tanishdi. Zarur qulayliklarni yaratish bo’yicha fikrlarini bildirdi.

 

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech