7 May 2021 yil 807

3-sektor rahbari hududlarda bunyodkorlik ishlar bilan tanishdi

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i SHarof Rashidov tumani hokimi va bir qator mas’ullar bilan birga Qorayantoq qishlog’idagi 35- sonli o’rta umumta’lim maktabida bo’ldi. Bu yerda o’quv muassasini ta’mirlash masalasi ko’rib chiqildi. Bu borada ichki ishlar boshqarmasi tomonidan yordam ko’rsatilishi bildirildi.

  Xuddi shunday, Qorayantoqdagi ta’mir ishlari olib borilayotgan qishloq vrachlik punktiga ham borildi. 3- sektor rahbari olib borilayotgan ish sifati bilan tanishib, aholi uchun qulay sharoit yaratish bo’yicha qurilish tashkiloti mas’ullariga o’z tavsiyalarini bildirdi. Xuddi shunday, ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i SHariloq mahallasida “Obod qishloq” dasturi bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar sifatini o’rgandi. SHu kuni SHarof Rashidov tumanidagi viloyat ichki ishlar boshqarmasiga qarashli bog’da ham bo’ldi. So’nggi yillarda bu yerda oqar suv tanqisligi yuzaga kelgani uchun artezian quduq kovlashga kirishilgan. Boshqarma boshlig’i mazkur jarayonni tezlashtirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.

  3- sektor rahbari Zafarobod tumanining Pistalikent qishloq fuqarolar yig’inida bo’lib, parranda go’shti yetishtirishga ixtisoslashgan “Lozud-produkt” fermer xo’jaligining faoliyati bilan tanishdi. Korxona vakillari ichki ishlar boshqarmasi boshlig’idan kredit olish borasida yordam so’radi. Pul yem tayyorlash liniyasini ishga tushirish maqsadida sarflanishi bildirildi.

  Zafarobod tumanidagi inkubatorlar faoliyati bilan tanishib, soha vakillarining muammolarini o’rgandi va ularni hal qilish choralari ko’rilishini bildirdi.

    

  Mazkur jarayonda hududlar obodligini ta’minlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo’yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi.

Text to speech