3- sektor rahbari Zominda aholi bilan sayyor qabul o`tkazdi
Jizzax viloyati
ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i, general-mayor G`ayrat Qodirov Zomin tumani
“Chilonzor” MFYda sayyor qabul o`tkazdi. Muloqotda aholi 3-sektor rahbaridan
o`zlarini qiynayotgan muammolarini hal etishda yordam so`rashdi.
Xususan,
ko`chalarga shag`al va asfalt yotqizish, qo`shimcha transformator o`rnatish,
yangidan bunyod etilgan tibbiyot maskanini jihozlash va faoliyatini yo`lga
qo`yish, simyog`ochlarni beton tayanch ustunlarga almashtirish, ta’lim
maskanlari joylashgan ko`chalarga tezlikni kamaytiruvchi yo`l belgilari
o`rnatishga oid 20 ga yaqin masalalar ko`tarildi.
Qabul davomida
har bir murojaat mas’ullar ishtirokida ko`rilib, hal etish choralari ko`rildi.
Tadbir davomida
4 nafar ehtiyojmand fuqarolarga elektr pech, bir nafariga salomatligini
tiklash, yana bir yoshga o`quv kursi xarajatlari qoplab berilganligi, besh
kishiga kredit, 3 nafariga ijara asosida er ajratilganligi haqidagi
sertifikatlar, fuqaroligi bo`lmagan 4 kishiga esa ИД kartalarni topshirildi.