3-sektor rahbari bog’ishamolliklar bilan muloqot o’tkazdi
Hech kimga sir emaski, bir necha yillar ilgari biror rahbar bilan uchrashish, qandaydir masalani hal qilish uchun, albatta qaysidir idoraning eshigini taqillatish shart edi. O’shanda ham muammongiz yo hal bo’lardi, yo tarvuzingiz qo’ltig’ingizdan tushib, ortga qaytardingiz. Bugun aksincha barcha darajadagi rahbarlar aholi manzillariga chiqib, muloqotlar o’tkazayapti, baholi qudrat dardingizga malham topish choralari ko’rilmoqda.
Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i G’ayrat Qodirov sayyor qabul avvalida Bog’ishamol qishloq fuqarolar yig’inidagi 64 ta ko’p qavatli uylarning tevaragidagi noqonuniy inshootlarni bartaraf etish jarayonlari bilan tanishdi. Ma’lumot o’rnida aytish kerak, joriy yilda Bog’ishamolda “Obod qishloq” dasturi amalga oshiriladi. SHu ma’noda, 3- sektor rahbari chiqindilarni olib chiqish, qurilish mahsulotlari zaxirasini tayyorlash yuzasidan topshiriq va tavsiyalar berdi.
SHundan so’ng hududdagi pedagogika kollejida boshqarma boshlig’ining aholi bilan muloqoti bo’lib o’tdi. Hokimlik, tashkilot, korxona va muassasalar mas’ullari ishtirokida tashkil etilgan tadbirda G’ayrat Qodirov va Paxtakor tumani hokimi SHukrullo Boboyev tomonidan yurtimizda aholining turmush madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan islohotlar haqida atroflicha so’z yuritildi. CHunonchi, joriy yilda Paxtakorda 2 ta yirik yengil sanoat korxonasi ishga tushirilishi, umuman olganda esa tumanda 4 mingta ish o’rni yaratilishi ma’lum qilindi. Bundan tashqari aholini turar joy bilan ta’minlash maqsadida 20 ta qo’p qavatli uy barpo etilishi bildirildi.
SHuningdek, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “YOshlar daftari”ga kiritilganlarning bandligini ta’minlash, ularga kredit ajratilishi borasidagi ishlar tilga olindi. Jumladan, bugungacha tumanning 185 nafar yoshlariga 50 sotixdan yer maydoni ajratilgan.
Muloqotlar jarayonida fuqarolar tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun kredit va yer maydoni olish, ichimlik suvi muammosini hal etish, turar joy bilan ta’minlash, uy qurish yoki davolanish uchun moddiy yordam ajratish, ishga joylashish, sport to’garagini jihozlash, yo’llarni ta’mirlash, zax suvini qochirish kabi qator masalalar yuzasidan murojaat etishdi. Ushbu muammolarni hal qilish maqsadida tegishli tashkilotlar mas’ullariga topshiriqlar berildi.
Muloqot davomida 3- sektor rahbari “Ayollar daftari”ga kiritilgan 3 nafar fuqaroga miqroto’lqinli pech’ topshirdi. SHuningdek, turli ko’rik-tanlovlarda yuqori natijalarni qo’lga kiritgan hudud yoshlari kitoblar va esdalik sovg’alari bilan rag’batlantirildi. Xuddi shunday, axborot kutubxona markaziga Paxtakor tumani ichki ishlar bo’limi tomonidan 100 dona kitob berildi.
Sayyor qabul doirasida bog’ishamollik tasviriy san’atning yosh ixlosmandi Visola Markayevaning ijodiy ko’rgazmasi ham tashkil etildi.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmati.