13 Noyabr 2021 yil 733

3-sektor rahbari fuqarolarni qabul qildi

Yaxshi ma’lumki, so’nggi yillarda Prezidentimiz topshirig’i asosida davlat idoralari rahbarlari aholi bilan muntazam muloqotlar o’tkazmoqda. Bu jarayonda fuqarolarni qiynayotgan muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish choralari ko’rilayotir. Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i haftaning har shanba kuni boshqarmada o’z shaxsiy qabulini o’tkazmoqda.

Navbatdagi qabulda 20 nafarga yaqin fuqaro turli masalalar yuzasidan murojaat qilishdi. Jumladan, ishga joylashish, huquqiy yordam olish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, oilaviy nizolarni hal qilish, uy-joy tiklash uchun yer hamda moddiy yordam ajratish, ish joyini o’zgartirish, firibgardan qarzni undirish, qonunni buzgan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish kabi masalalarda ko’mak so’rashdi.

Muloqotlar davomida ko’tarilgan har bir masalaga yechim topish nuqtai nazaridan tegishli mas’ullar biriktirilib, muammolarni hal etish muddatlari belgilandi. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’ining bu kabi qabullari hududlarning 3- sektoridagi aholi punktlarida muntazam o’tkazilmoqda.

Mazkur jarayonda fuqarolar murojaatlaridan kelib chiqib, qator ishlar amalga oshirilayapti. Xususan, aholi bandligini ta’minlash maqsadida 3- sektor vakillari tadbirkor va ishbilarmonlarni qo’llab-quvvatlash, oilaviy tadbirkorlik uchun subsidiya va kreditlar ajratish, ayollar, yoshlar va temir daftarga kiritilganlarni yer va ish qurollari bilan ta’minlash choralarini ko’rishayapti.

Shuningdek, soha xodimlari yo’llarga shag’al yotqizish, turar joy va ijtiomiy soha ob’yektlarini isitish hamda respublikamiz Prezidenti tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasini hayotga tatbiq etish masalasiga alohida e’tibor qaratmoqdalar.

Text to speech