4 nafar shaxslar sud ajrimi bilan shartli ravishda ozod qilindi
Inson taqdiri turlicha. Aksariyati to’g’ri yo’lda hayot kechirsa, ayrimlari egri yo’ldan yuradi. O’ylamay bosilgan qadam oqibatda jarlikka olib keladi. Qonunbuzarlik holatlari yuzasidan sud hukmi bilan tegishli jazo choralari belgilanadi.
Ichki ishlar organlarining probatsiya guruhlari xodimlari tomonidan esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bog’liq bo’lmagan jazolarni o’tayotgan shaxslarni ijtimoiy moslashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. SHu bilan birga tuzalish yo’liga o’tib, mehnatga halol munosabatda bo’lganlarini muddatidan oldin ozod qilish choralari ham ko’rilayapti.
Jinoyat ishlari bo’yicha SHarof Rashidov tuman sudining Uch tepa mahalla fuqarolar yig’inida o’tkazgan sayyor sud majlisida ham 5 ta ish ko’rib chiqildi. Sudda axloq tuzatish ishlari jazosini o’tayotgan, qilmishidan pushaymon bo’lgan 4 nafar shaxslar sud ajrimi bilan shartli ravishda ozod qilindi. 1 nafari sud hukmi bilan belgilangan sinov muddatida ko’rsatilgan cheklovlarni buzganligi uchun ozodlikdan mahrum etildi.
SHu kuni tuman ichki ishlar organlari probatsiya guruhi hisobida jazo o’tayotgan muhkumlar ishtirokida ochiq muloqot ham uyushtirildi. Tadbirda jazoni liberallashtirish, belgilangan tartibga rioya etish haqida so’z bordi. Qatnashchilar mas’ullardan o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmati