7 May 2024 yil 3767

Faoliyat tahlil qilindi

          G`allaorol tumani ichki ishlar bo`limida boshqarma boshlig`i, general-mayor G`ayrat Qodirov raisligida qonunbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi faoliyati yuzasidan yig`ilish o`tkazildi.

Mazkur yig`ilishda jinoyat sodir etilgan mahallalarda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish, kriminogen vaziyatga ko`ra patrullik yo`nalishlari tashkil qilish masalalari tahlil qilinib, kelgusida amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar belgilandi.

Tadbirda 3- sektordagi mahallalarda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish, aholi murojaatlari bilan ishlash hamda “Qoradori-2024” tadbirlarini samarali o`tkazish yuzasidan topshiriq va tavsiyalar bildirildi.

Text to speech