19 Aprel 2024 yil 1240

Jizzax viloyati ichki ishlar organlari xodimlarining oila a’zolari o`rtasida “Namunali oila” ko`rik tanlovining viloyat bosqichi o`tkazildi

Sharof Rashidov tumanidagi harbiy qismda Jizzax viloyati ichki ishlar organlari xodimlarining oila a’zolari o`rtasida “Namunali oila” ko`rik tanlovining viloyat bosqichi o`tkazildi. “Sog`lom oila – sog`lom jamiyat” g`oyasini hayotga tatbiq etish, oilalar mustahkamligini ta’minlash, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni saqlashda oilaning o`rnini targ`ib qilish, shuningdek, namunali oilalarning hayotiy tajribasini ommalashtirish maqsad qilgan tadbirda ishtirokchilar 3 ta shart asosida bellashishdi.

Xususan, dastlabki tanishtirish shartida har bir ishtirokchi jamoa a’zolari milliy raqs, she’r, qo`shiq, xalq o`yinlari va boshqa ijrochilik mahoratlari orqali sog`lom, namunali oilaning jihatlari, ularning erishgan yutuqlarini namoyish etishdi. Keyingi “Bu mening oilam” shartida elektron oilaviy fotoalbom hamda o`zlarining jamiyatda tutgan o`rni, kasbi, sevimli mashg`uloti, o`zaro oilaviy munosabatlar, an’ana va qadriyatlarni aks ettirishdi.

“Biz kitobxon oilamiz” shartida ishtirokchilar o`zlarining zukkoliklarini namoyish etishdi. Bunda ular o`zbek va jahon adabiyotiga hissa qo`shgan adiblar qalamiga mansub kitoblarning mazmun-mohiyati, g`oyasi va ahamiyati bo`yicha savollarga javob berishdi.

Tanlov yakuniga ko`ra Mirzacho`l tumani IIB xodimi, kapitan Rustam Kazakov oilasi bilan faxrli 1-o`ringa munosib deb topilib, respublika bosqichiga yo`llanmani qo`lga kiritdi. Kapitan Javlon Ismoilov oilasi ikkinchi, safdor xodim Farhod Jabborov oilasi 3-o`rinni egalladi. G`oliblar esdalik sovg`alari bilan taqdirlanishdi.

Text to speech