5 Iyul 2024 yil 2282

Sharof Rashidov tumanida “Xavfsiz tun” profilaktik tadbiri o`tkazildi

Sharof Rashidov tumanida Jizzax viloyati IIB JXX sohaviy xizmatlari hamda tuman IIB xodimlari hamkorligida “Xavfsiz tun” profilaktik tadbiri o`tkazildi. Tadbir avvalida xizmatga jalb etilgan huquq-tartibot organlari, jamoat tashkilotlari vakillari uchun mas’ullar tomonidan yo`riqnoma o`tildi. Tadbirda viloyat IIB boshlig`i o`rinbosari, podpolkovnik Rahmatulla Bo`riev aholi osoyishtaligini saqlash, kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash yuzasidan aniq vazifalarni belgilab berdi.

Tadbirda qizil toifadagi “Uch-tepa” va “Xalqobod” mahallalarida ettilik tomonidan hududda kriminogen vaziyatni yaxshilash yuzasidan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Bunda asosiy e’tibor ijtimoiy profilaktika ob’ektlari bilan yakka tartibda olib borilayotgan profilaktik tadbirlarga qaratildi. Jarayonda ayni yo`nalashdigi mavjud kamchiliklar ko`rsatilib, davlat xizmatchilari ish faoliyati samaradorligini oshirish bo`yicha zarur ko`rsatma va amaliy yordam ko`rsatildi.

Viloyat IIB JXX JTSB PPXB xodimlari profilaktika inspektori bilan birga hududdagi mavjud umumiy ovqatlanish shahobchalari, choyxona, restoran va kafelar, savdo va ko`ngilochar muassasalarda targ`ibotlar qilishdi.

Shuningdek, tuman IIB JXX probasiya guruhi nazoratida jazo o`tayotgan mahkumlar hamda ma’muriy nazorat ostidagi shaxslar bilan profilaktik suhbat, harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan reydlar ham qilindi.

Text to speech