25 Yanvar 2024 yil 1333

Yangiobodda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o`tkazildi

“Yoshlar va biznesni qo`llab-quvvatlash yili” munosabati Yangiobod tumanida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o`tkazildi. Jizzax viloyati hokimining o`rinbosari Akmal Savurboev boshchiligidagi viloyat ichki ishlar, DXX viloyat boshqarmasi va boshqa huquq-tartibot idoralari, viloyat boshqarmalari va tashkilotlari rahbarlaridan iborat ishchi guruh dastlab yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, kitobxonlikni targ`ib qilish va ularning bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazishlari uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishishdi.

Rahbar va yoshlar uchrashuvida o`sib kelayotgan avlodning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularni el-yurtimizning fidoyi farzandlari etib tarbiyalash bugungi kunning dolzarb vazilaridan ekanligi ta’kidlandi. Shu ma’noda yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarning mazmun-mohiyati, ularning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida tushuntirishlar berildi. Bundan tashqari yoshlarning turli sohalarda erishayotgan yutuqlari e’tirof etilib, bilim olish, maqsad sari intilish har qanday natijaning asosi ekanligi qayd etildi.

Ochiq muloqot tarzida o`tgan tadbirda ishtirokchilar hamda “Yoshlar daftari” ro`yxatida turgan yigit-qizlarning murojaatlarini hal etish, muammolariga ijobiy echim topish masalalariga jiddiy e’tibor qaratildi. Uchrashuvda berilgan savollarga mutasaddilar tomonidan batafsil javob berildi.

Jarayonda tuman ichki ishlar bo`limi jamoat xavfsizligi xizmati probasiya guruhi nazoratida jazo o`tayotgan yoshlarning masalalariga ham diqqat qilindi.

Text to speech