7 Fevral 2024 yil 2938

Ichki ishlar vaziri o`rinbosari Zufar Kurbanov Do`stlik, Mirzacho`l, Arnasoy tumanlarida amalga oshirilgan islohotlarni ko`zdan kechirdi

O`tgan 2022-2023 yillarda Jizzax shahridagi Nurli maskan maktab-internatida ko`lamli qurilish-ta’mirlash ishlari olib borildi. Yosh avlodning ta’lim olishi uchun zarur sharoit yaratilgan. Jizzax viloyatida jinoyatchilikning ahvoli, bu borada belgilangan vazifalar, xodimlarining mazkur yo`nalishda olib borayotgan ishlarini o`rganayotgan Ichki ishlar vaziri o`rinbosari, polkovnik Zufar Kurbanov ushbu muassasada bo`lib, ta’lim-tarbiya jarayoni bilan tanishdi.

Bundan tashqari Do`stlik tumanida jinoyatchilikni jilovlash va kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni ko`zdan kechirdi. Shu ma’noda tuman ichki ishlar bo`limi navbatchilik qismi, yaqindan foydalanishga topshirilgan vaqtincha saqlash hibsxonasi, sport zal, 3- sektor shtabida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ko`tarilgan masalalarning hal etilishiga ham diqqat qilindi. Bundan tashqari Sanoatchilar va Chinobod va Saritepa MFYda davlat xizmatchilari bilan muloqot qildi. Shu qatorda ettilik faoliyat ko`rsatishi uchun yaratilgan sharoitlar, zarur jihozlar bilan ta’minlanishi ko`zdan kechirildi.

Mirzacho`l tumanida esa o`rta umumta’lim maktablarida bo`lib, yo`l harakati qoidalarining o`rgatilishi, sinfxonalarning maxsus jihozlar bilan ta’minlanganligi ko`zdan kechirildi. Pedagoglar bilan muloqotda o`tilayotgan dars mashg`ulotlari, o`nayotgan avlodning yo`l harakati qoidalarini o`zlashtirishi masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tumanda yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qo`llab-quvvatlash, ularga imtiyozli kredit ajratilishi va faoliyat ko`lamini yanada kengaytirish, aholini ish bilan band qilish, sanoat korxonalarida yangi ish o`rinlari yaratish masalalari ham ko`rildi.

Ichki ishlar vaziri o`rinbosari Arnasoy tumanida ham jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, odamlarning munosib turmush kechirishi uchun zarur sharoitlarni yaratish, shu bilan birga kriminogen vaziyat, jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi boshqa sohalar bilan o`zaro hamkorlik, aniq va manzilli rejalar asosida olib borilayotgan ishlarni o`rgandi.

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech