23 Avgust 2023 yil 445

Adirobodda sektor rahbari sayyor qabul o’tkazdi

Jizzax viloyati IIB boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov Zarbdor tumanining Adirobod mahalla fuqarolar yig’inida sayyor qabul o’tkazdi. Ushbu tadbir avvalida 3- sektor rahbari zarbdorlik voleybolchi qizlar jamoasini taqdirladi. Binobarin, ushbu jamoa Ichki ishlar vaziri kubogi uchun yaqinda o’tkazilgan musobaqalarning respublika bosqichida 3- o’rinni egallagandi. SHuningdek, o’n kishiga nogironlik aravachalari, eshitish va yurish moslamalari hamda mikroto’lqinli pech topshirildi.

Bundan tashqari 2 kishi davolanish xarajatlarining qoplanishiga oid, 1 yigit esa oliy ta’lim muassasasi kontrakt to’lovi, yana bir yigit haydovchilik kursida o’qish to’lovining to’lanishiga doir sertifikatlarni qabul qilib oldi. 4 nafar o’g’il-qiz esa Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus doirasida faxriy yorliq va sovg’alarga ega bo’ldi.

So’ng fuqarolar bilan muloqot o’tkazildi. Mazkur jarayonda ko’pchilikni qiynayotgan masalalar ko’tarildi. Chunonchi, suv ta’minotini yaxshilash, sog’likni tiklash, jarrohlik amaliyoti o’tkazish, moddiy yordam ajratish, yo’lga asfal’t yotqizish, maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatiga oid hujjatlarni rasmiylashtirish, M-39 yo’lida avtomashinalar qayriladigan yo’lak yuzaga keltirish, elektr simyog’ochini almashtirish kabi yigirmaga yaqin muammolar yuzasidan murojaatlar bo’ldi.

O’z navbatida ushbu muammolarni hal etish bo’yicha hokimlik, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tumandagi bir qator tashkilotlar mas’ullari hamda mahallalar beshliklariga topshiriqlar berilib, bajarish muddatlari belgilandi.

Text to speech