18 Oktyabr 2021 yil
694
Afyunni sotmoqchi shaxsga jinoiy ish qo’zg’atildi
Ichki ishlar organlari xodimlari Jizzax shahrining Kimyogar mahallasida yashovchi shaxsni jinoyat ustida qo’lga oldilar. Aniqrog’i, u 3,31 gramm marixuanani 600 ming so’mga sotgan vaqtda ushlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atilgan.
Xuddi shunday, G’allaorol tumani hududida o’zini shubhali tutgan fuqaro shaxsiy tintuvdan o’tkazildi. U besabab olazarak bo’lmagan ekan, uning shimi cho’ntagidan 0,7 gramm opiy topildi. Oqibatda Baxmal tumani Bog’ishamol qishloq fuqarolar yig’inida yashovchi shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo’zg’atildi.