15 Yanvar 2022 yil 589

Aholi bandlikni ta’minlash uchun

Jizzax viloyati Paxtakor tumani IIB mas’ullari tashabbusi bilan 3- sektor hududida yashovchi bir guruh fuqarolarning SHarof Rashidov tumanidagi tadbirkorlik sub’yektlariga sayohati uyushtirildi.

Aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan tadbir davomida paxtakorliklar baliqchilik klasteri, gul va manzarali daraxt ko’chatlari yetishtirish, parrandachilik, quyonchilik va qoramolchilikka ixtisoslashgan tadbirkorlik sub’yektlarida bo’ldilar.

Mazkur jarayonda baliqchilik, bog’dorchilik va chorvachilikni rivojlantirish, tomorqadan samarali foydalanish hamda kredit va subsidiyalar olish bo’yicha ma’lumot va tavsiyalar berildi. 3-sektor rahbarlari tomonidan bu kabi tadbirlar viloyatning boshqa hududlarida ham uyushtirilmoqda.

Text to speech