19 Dekabr 2022 yil 419

Aholi bilan uchrashuvda muammolar yechilmoqda

Qishning sovuq kunlarida yashash uylari hamda ijtimoiy soha ob’yektlarida isitish tizimining barqaror faoliyat yuritishi mavsumga ko’rilgan tayyorgarlik ishlariga bog’liq. Ammo bugunda shu kabi masalalarning yuzaga chiqayotgani mavjud kamchiliklarni ko’rsatayapti. Jizzax viloyati IIB boshlig’i 3- sektor hududlaridagi mahallalarda bo’lib, aholi bilan uchrashuvida ko’tarilayotgan shu kabi muammolarni bartaraf etish choralari ko’rilayotir. Xususan, Mirzacho’l tumani G’alaba mahallasida o’tkazilgan shunday tadbirda fuqarolar bir necha masalalarni hal etishda amaliy yordam so’rashdi.

Qayd etilishicha, Gagarin ko’chasida joylashgan 2 uyning 8 ta xonadonini isitishda foydalaniladigan isitish qozoni buzilgan, yog’ingarchilik vaqtida sizot suvlari yig’ilib aholiga noqulayliklar tug’diradi, ko’p qavatli uyning tom qismida ayrim joylar yaroqsiz holda va ko’cha ta’mirga muhtoj. Tumandagi barcha korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etgan tadbirda bayon etilgan masalalar joyida o’rganildi. Ularni hal etish bo’yicha mutasaddilarga vazifalar yuklatildi. Ichimlik suvi hamda elektr ta’minotidagi uzilishlar bo’yicha tushuntirishlar berildi.

SHuningdek, sektor rahbari har bir kishi elektr energiyasi va tabiiy gazdan oqilona foydalanishi, xavfsizlik qoidalariga rioya etishlari lozimligini ta’kidladi. Mahalla faollari, korxona va tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhlari yuzaga kelgan har qanday muammoni o’z vaqtida va joyida bartaraf etishlari lozimligi uqtirildi.

Bundan tashqari, fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash, salomatlik, ijtimoiy himoyalash, subsidiya ajratilishi, bandlik, ko’chalarni ta’mirlash kabi masalalariga ham diqqat qilindi va mutasaddilarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Bu kabi uchrashuvlar viloyatning boshqa tumanlarida ham davom etmoqda.

Text to speech