12 May 2021 yil 1633

Aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o’tkazildi

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi tibbiyot bo’limi tomonidan reja asosida Paxtakor tumanida tibbiy ko’rik tashkil etildi.

Tadbirda asosiy e’tibor aholi orasida sog’lom turmush tarzini keng targ’ib qilish, fuqarolarning tibbiy bilim va madaniyatini oshirish, kasalliklarni ilk davrida aniqlash va davolash choralarini ko’rishga qaratildi.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi tibbiyot bo’limi mutaxassislari “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “YOshlar daftari” da ro’yhatda turgan jami 125 nafar fuqaroni chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o’tkazdilar.

Ularning 43 nafarida turli kasalliklar aniqlandi. Mutaxassislar tomonidan kasalliklarni davolash va salomatlikka e’tibor qaratish yuzasidan zarur tibbiy tavsiyalar berildi.

SHuningdek, 28 nafar fuqaroga tuman tibbiyot birlashmasida hamda 12 nafariga viloyatning ixtisoslashtirilgan shifo maskanlarida davolanishlari uchun imtiyozli orderlar berildi.

 

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech