“Aydar-Arnasoy” ko`llar tizimi “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbiri o`tkazildi
Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi hamda boshqa
huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va mas’ul tashkilotlar xodimlaridan iborat
ishchi guruh tomonidan “Aydar-Arnasoy” ko`llar tizimi hududlarida noqonuniy ov,
baliq ovlash, yovvoyi holda o`suvchi o`simliklarni terish-yig`ish kabi
qonunbuzarliklarga qarshi kurashish va oldini olishga qaratilgan tadbirlar
o`tkazilmoqda. Dastlab xizmatga jalb etilgan ishchi guruh a’zolari uchun
yo`riqnoma o`tilib, qilinishi lozim bo`lgan vazifalar belgilandi. Shu asosida “Aydar-Arnasoy”
ko`llar tizimiga tutash bo`lgan Forish, Zafarobod va Arnasoy tumanlarida maxsus
profilaktik tadbir uyushtirildi.
Arnasoy tumani Baxtli mahallasi hududida
harakatlanayotgan “Niva” ishchi guruh tomonidan to`xtatilgan. Mirzo Bobur
mahallasida yashovchi 1952 yilda tug`ilgan fuqaro boshqaruvidagi ushbu
avtoulovni tekshirish chog`ida avtomashina salonida 21 kilogramm baliq
mahsulotlari borligi aniqlangan. Haydovchi ushbu baliq mahsulotlarini
“Aydar-Arnasoy” ko`lidan noqonuniy ravishda olib kelayotganligi uchun tegishli
tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan. Mavsum boshidan buyon shu kabi
tadbirlarda jami 286 kilogramdan ziyod baliq mahsulotlari hujjatlashtirib
olingan.
Shuningdek, Forish tumani Istiqlol mahallasida
yashovchi 1980 yilda tug`ilgan fuqaro noqonuniy “hujra” tashkil qilganligi
aniqlandi va qidiruvda bo`lgan bir nafar shaxs ushlandi.
Tadbir davomida “Aydar-Arnasoy” ko`llar tizimi suv
havzalari atrofidagi qo`ylar otarlari, baliqchilik brigadalari, suv havzalari
yaqin bo`lgan aholi punktlarida targ`ibotlar qilindi.
Qisqasi mazkur tadbirda 9 ta qayiq, 68 ta to`r, 45
dona qarmoq tegishli tartibda hujjatlashtirib olinib, 13 ta transport
vositalari jarima maydonchalariga joylashtirilgan.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmati