9 Sentyabr 2021 yil 561

Haydovchi charchoq oqibatida yo’l-transport hodisasi sodir etdi

G’allaorol tumani hududidan o’tuvchi Toshkent – Termiz M-39 yo’lida Navoiy viloyati Qiziltepa tumani O’zbekiston mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi SH.A. boshqaruvidagi “Lacetti” “Kamaz” yuk mashinasining orqa qismidan urishi oqibatida yo’l-transport hodisasi sodir bo’ldi.

Oqibatda yengil avtomashina yo’lovchisi, Navoiy viloyati Qiziltepa tumani Obod qishloq fuqarolar yig’inida yashovchi SH.R. bosh miya og’ir darajada lat yeyishi, peshona suyagi ochiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaning jonlantirish bo’limiga yotqizilgan. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech