26 Oktyabr 2021 yil
837
Haydovchi yo’l chetida velosipedda harakatlanayotgan fuqaroni urib yubordi
Jizzax viloyati Baxmal tumani Barlos qishloq fuqarolar yig’ini hududidan o’tgan “Samarqand – Bulung’ur – Turon – Alamli” 4R-238 yo’lining 7- kilometrida yo’l-trnasport hodisasi ro’y berdi.
Noma’lum haydovchi yo’l chetida velosipedda harakatlanayotgan, Barlos qishloq fuqarolar yig’inida yashagan fuqaroni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan. Jabrlanuvchi yetkazilgan tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etdi.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv davomida ushbu jinoyat Baxmal tumani Oqtosh qishloq fuqarolar yig’inida yashovchi shaxs tomonidan sodir etilgani aniqlandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.