Haydovchi mashina boshqaruvini yo’qotdi
Jizzax viloyati Forish tumani “Egizbuloq” mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi Jizzax – Forish – Qizilcha 4R-36 yo’lining 41- kilometrida Zafarobod tumani “Uzun” mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi “Nexia-3” qarama-qarshi yo’nalishda harakatlanayotgan Jizzax shahri Hamid Olimjon mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi shaxs boshqaruvidagi “Sobalt” bilan to’qnashdi. Yo’l-transport hodisasi oqibatida “Sobalt” ichida bo’lgan, Jizzax shahri “Navro’z” mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi fuqaro tan jarohati olib, shifoxonada hayotdan ko’z yumgan.
Xuddi shunday, “Sobalt” haydovchisi bosh miya jarohati, o’ng boldir bo’g’inining yopiq sinishi, ko’krak qafasining yopiq jarohati bilan shifoxonaning jonlantirish bo’limiga yotqizildi. Ko’ngilsiz hodisaga haydovchilardan birining rul’ boshqaruvini yo’qotganligi sabab bo’lgan. Holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo’zg’atildi.