9 Sentyabr 2021 yil 584

Haydovchi va piyoda jabrlandi

SHarof Rashidov tumani hududidan o’tgan Jizzax – Gagarin – Do’stlik 4R-38 yo’lining 15- kilometrida tumanning YAngiobod mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi M.S. “Damas” boshqaruvini yo’qotib, qarama-qarshi yo’nalishda harakatlanayotgan “Lacetti”ning yo’liga chiqib ketdi va to’qnashuv sodir bo’ldi.

O’z navbatida “Lacetti” haydovchisi, SHarof Rashidov tumanining Xayrobod mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi M.Q. avtoulov boshqaruvini yo’qotib, shu yo’lda harakatlanayotgan “Nexia”ning yo’liga chiqadi va yo’l-trasport hodisasi ro’y beradi. Oqibatda “Nexia” haydovchisi, Jizzax shahrining Zilol mahallasida yashovchi B.A. bosh miya yopiq jarohati tashxisi bilan, shuningdek, mazkur avtoulov yo’lovchisi, Jizzax shahrining Amir Temur mahallasida yashovchi J.Y. bosh miya chayqalishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizildi. Tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Text to speech