Ayni kunlarda Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po`lat Bobojonov boshchiligidagi ishchi guruh Jizzax viloyatida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, yoshlar bilan ijtimoiy-huquqiy tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan tadbirlar samaradorligini o`rganmoqda
Ishchi guruh tarkibida bo`lgan Ichki ishlar vaziri o`rinbosari,
general-mayor Bahodir Mirzarahimov Zomin tumani ichki ishlar boshqarmasida
bo`lib, bu erda soha vakillari uchun yaratilgan xizmat sharoitlari bilan
tanishdi. Shuningdek, shaxsiy tarkibning qonunbuzarliklarning oldini olish,
jinoyatlarga qarshi kurashishga oid faoliyati tahlil etildi.
Shu kuni ishchi guruh tumandagi “Qayirma” mahalla fuqarolar yig`ini
faollari bilan muloqot o`tkazdi. Bu jarayonda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy
muammolarni hal qilish, mahalla ettiligining huquqbuzarlik va jinoyatlarning
oldini olish borasidagi hamkorligini kuchaytirish, bandlikni ta’minlash, voyaga
etmaganlar nazoratsizligining oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi. O`z
navbatida mahallada sodir etilgan bir qator jinoyatlarning sabab va omillari
muhokama qilinib, qonunbuzarliklarning oldini olish bo`yicha taklif va
tavsiyalar bildirildi.