25 Iyun 2024 yil 2810

G`allaorolda tumanida ichki ishlar organlari, sudlar, prokuratura, adliya va soliq idoralari mutasaddilarining sayyor qabuli bo`lib o`tkazildi

G`allaorol tumanida ichki ishlar organlari, sudlar, prokuratura, adliya va soliq idoralari mutasaddilarining sayyor qabuli bo`lib o`tdi. Mazkur jarayonda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlari qatorida viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i, general-mayor G`ayrat Qodirovga qonunbuzarlarga nisbatan chora ko`rish, etkazilgan moddiy zararni undirish, elektr ta’minotini yaxshilash kabi bir qator masalalar bo`yicha murojaatlar qilindi.

O`z navbatida aholini qiynayotgan muammolarni hal qilish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi. Shu o`rinda aytish joiz, sayyor qabulda ko`tarilgan kamchiliklarni bartaraf etish jarayoni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Jizzax viloyatidagi Xalq qabulxonasi tomonidan nazorat qilinadi. Bu kabi sayyor qabullar viloyatning barcha shahar va tumanlarida bo`lib o`tmoqda.

Text to speech