“Qalqon” faoliyatini davom ettirmoqda
Mamlakatimiz rahbarining joriy yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori joylarda huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishda omil bo’lmoqda. Ushbu huquqiy hujjat asosida Jizzax viloyatidagi 299 mahallaning barchasida “Qalqon” jamoatchilik guruhlari yuzaga keltirildi. Ushbu guruhlarda faoliyat olib borayotgan 668 nafar yigitlar tunda ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari va yoshlar yetakchilari boshchiligida mahallalarda patrullik qilishayapti.
Guruh a’zolari tomonidan huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida 1591 nafar fuqaro bilan qarovsiz qolgan mulklar bo’yicha profilaktik muloqotlar o’tkazilib, 2829 ta savdo shoxobchalarida targ’ibot olib borilgan. SHuningdek, kechasi bemaqsad yurgan 1844 nafar fuqaro hamda profilaktik hisobda turgan 883 nafar shaxs bilan huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish nuqtai nazaridan suhbatlar o’tkazilgan. Bundan tashqari sog’liqni saqlash muassasalari hisobidagi 663 kishining yashash joylari tekshirildi. “Qalqon” faoliyatini davom ettirmoqda.