Amaliyot bilan hamnafas
IIV Akademiyasi
boshlig`ining tashabbusi va buyrug`i bilan oliy ta’lim muassasasida faoliyat
yuritayotgan kafedralar xududiy ichki ishlar organlariga biriktirilgan. Bunda
asosiy e’tibor huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat tartibini saqlash
borasida yuzaga kelayotgan muammolarni amaliyot xodimlari bilan hamkorlikda
ilmiy tahlil qilish, jinoyatchilikka qarshi kurash faoliyati samaradorligini
yanada oshirish bo`yicha uslubiy va metodik yordam ko`rsatish rejalangan. Ayni
kunlarda Akademiyaning jinoyat huquqi kafedrasi xodimlari Jizzax viloyatida
belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan bir qancha ishlarni amalga
oshirishmoqda. Xususan, so`nggi o`n kun davomida bilim yurti xodimlari viloyat
IIB JXX HPB mas’ullari bilan hamkorlikda Jizzax shahri, Sharof Rashidov,
Paxtakor, G`allaorol, Arnasoy tumanlaridagi mahallalarda bo`lishdi. Jarayonda
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat tartibini saqlash, “Obod va havfsiz
mahalla” tamoyili asosida mahalla “beshlik”larining huquqbuzarlik sodir etish
yoki undan jabrlanish ehtimoli yuqori bo`lgan shaxslar bilan amalga
oshirilayotgan ijtimoiy profilaktika chora-tadbirlari, yurituvdagi hujjatlar
o`rganildi. Tadbir davomida aniqlangan xato va kamchiliklarni joyida bartaraf etish
bo`yicha uslubiy va amaliy yordamlar ko`rsatildi.
Bundan
tashqari, amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolarni xal etishga doir taklif va
tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida xodimlar bilan jamoaviy va yakka tartibda
suhbatlarlar ham qilinmoqda. Bu o`z navbatida huquqbuzarliklar profilaktikasi,
jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo`yicha hudud
metodikasini ishlab chiqish va shu orqali ichki ishlar organlarida xizmat olib
borayotgan xodimlar faoliyati samaradorligini yanada oshirishga xizmat
qilayotir.