17 May 2025 yil
1918
Hamkasbimiz ko`rik-tanlov g`olibi bo`ldi
“Postda – Na postu” gazetasining 95 yilligi IIV madaniyat saroyida bo`lib o`tgan tantanali tadbirda soha vakillarining bir guruhi mukofotlandi. Ular orasida “Postda – Na postu” – mening taqdirimda” maqolalar tanlovida 1- o`rinni egallagan IIV Birlashgan tahririyatining Jizzax viloyati bo`yicha o`z muxbiri Alijon Abdusattorov ham bor. Biz hamkasbimizni ushbu yutuq bilan qutlaymiz.
Ma’lumot o`rnida aytish kerak, Alijon Abdusattorov 2020 yilda faolligi
uchun Ichki ishlar vazirining faxriy yorlig`i bilan taqdirlangan. Shuningdek, u
“Eng ulug`, eng aziz” hamda “Yilning eng faol jurnalisti” respublika
ko`rik-tanlovlarida g`olib va sovrindor bo`lgan.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmati.