Aholi murojaatlari hal etilmoqda
Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i, general-mayor
G`ayrat Qodirovning Baxmal tumanida o`tkazgan sayyor qabulida fuqarolar
tomonidan ko`tarilgan masalalar izchillik bilan hal etilayapti. Xususan,
“Istiqlol” mahallasida aholining elektr tayanchlari o`rnatish bo`yicha
murojaatlari asosida 55 dona elektr ustunlari olib kelinib, hozirda ularni
o`rnatish ishlari davom etmoqda. Bundan tashqari “Istiqlol” mahalla fuqarolar
yig`ini binosi ham qurilib, yaqinda foydalanishga topshirildi. Tuman ichki
ishlar boshqarmasi boshlig`i hamda sektor mas’ullari ushbu maskanda bo`lib,
davlat xizmatchilari hamda aholi uchun yuzaga keltirilgan qulayliklarni ko`zdan
kechirishdi.
Ta’kidlash joiz, 3- sektor tomonidan fuqarolarning tadbirkorlik
tashabbuslarini qo`llab-quvvatlash orqali yangi ish o`rinlari yaratish
masalasiga ham alohida e’tibor qaratilgan. Shu ma’noda mahalladagi Xusniddin
Qurbonov rahbarligida faoliyat ko`rsatayotgan oilaviy korxonaning kredit
olishida yordam ko`rsatildi. Buning natijasida 4 kishi doimiy ish bilan
ta’minlandi. Ushbu korxona faoliyati bilan tanishgan mas’ullar faoliyatni
yanada kengaytirish bo`yicha takliflarini bildirishdi.