7 Yanvar 2022 yil 405

Aholini qiynab kelayotgan muammolar hal etilmoqda

Sharof Rashidov tumanining “Oqtosh ota” mahallasidagi Suvlisoy ko’chasida yashovchi aholi bir necha yillardan buyon elektr tayanchlari nosozligidan aziyat chekayotgan edi. 3- sektor rahbarining sayyor qabulida mazkur masala ko’tarilib, uni hal etishda amaliy yordam so’ralgan. Sektor ishchi guruhi tomonidan ushbu muammo yechimi nazoratga olinib, qo’lbola elektr tayanchlarini almashtirish choralari ko’rildi. Shu maqsadda 20 dona temir-beton tayanchlar olib kelib o’rnatildi. Bu orqali elektr tarmoqlaridagi nosozliklar bartaraf qilinishiga erishildi.

Xuddi shunday, Fayziobod mahallasidagi ichki ko’chalarni ta’mirlash ishlari ham jadal olib borilmoqda. O’ydim-chuqur yo’llar maxsus texnikalar yordamida tekslandi va asfal’t yotqizildi. O’tgan davr mobaynida mahallaning 1 ming 130 metr ichki yo’llari ta’mirlandi.

Xullas, 3- sektor ishchi guruhi tomonidan mavjud muammolar joyida o’rganilib, aholiga qulay sharoit yaratish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash choralari izchillik bilan amalga oshirilmoqda.

Text to speech