Aholini ogohlikka chaqiruvchi targ’ibot ishlari olib borildi
Jizzax shahar IIB huzuridagi tergov bo’limi xodimlari shaharning mehnat jamoalari hamda yirik savdo markazlarida targ’ibotlar qilishmoqda. Xususan, Jizzax shahar davlat xizmatlari markazida olib borilgan tadbirda soha xodimlari firibgarlik jinoyati, uning turlari xususida markaz xodimlari va fuqarolarga tushuntirishlar berishdi.
Tadbir davomida oliy ta’lim muassasasiga o’qishga kiritib qo’yish, o’qishni ko’chirish, taqiqda turgan avtomashinani aytmasdan sotib yuborish, kredit olib berish yoki uy-joy masalalarida ko’mak ko’rsatish bilan bog’liq holatlarda jabrlanuvchilar bilib-bilmay firibgarlar tuzog’iga tushayotgani aytildi.
Jizzax shahar markaziy dehqon bozorida ham haridor va sotuvchilar, kirakashlar o’rtasida targ’ibotlar qilindi. Jarayonda kiberjinoyatchilik va uning turlari ham ma’lum qilindi. Soxta akkauntlar orqali xayriya yordami ko’rsatilishi, pul berilishi haqidagi xabarlarga ishonmaslik, plastik karta yashirin kodlarini hech kimga aytmaslik zarurligi tushuntirildi. SHunday xabarlarda ko’rsatilgan ilovalarga kirmaslik kerakligi uqtirildi.
Targ’ibotda amaliyotda yer oldi sotdisi, xorijga ishga yuborish, kredit uchun kafillik, bank plastik kartalaridan pul yechish bilan bog’liq holatlar ko’p kuzatilayotgani aytildi. SHuningdek, flaeyerlar tarqatilib, aholi ogohlikka chaqirildi. Tadbir davomida fuqarolar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.