6 May 2021 yil 1332

Arnasoy, Yangiobod va Baxmal tumanlari ichki ishlar bo’limlariga yangi rahbar tayinlandi

O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrug’i bilan Jizzax viloyatining 3 ta tuman ichki ishlar bo’limlariga yangi rahbarlar tayinlandi. Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov ushbu tumanlar shaxsiy tarkibi bilan uchrashib, ularga yangi rahbarlarni tanishtirdi.

Arnasoy tumanida o’tgan tanishtiruv tadbirida tuman sektorlar rahbarlari ham ishtirok etdilar. Boshqarma boshlig’i podpolkovnik Ummatqulov Rustam Ubaydullayevich Arnasoy tumani ichki ishlar bo’limi boshlig’i lavozimiga tayinlanganligini ma’lum qildi. R. Ummatqulov tayinlovga qadar Yangiobod tumani ichki ishlar bo’limi boshlig’i lavozimida ishlagan.

Xuddi shunday, Yangiobod tumani ichki ishlar bo’limi boshlig’i lavozimiga tayinlangan podpolkovnik Sariqulov Muzaffar Joniqulovich shaxsiy tarkibga tanishtirildi. M. Sariqulov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Arnasoy tumani ichki ishlar bo’limi boshlig’i lavozimida faoliyat yuritdi. Ushbu tadbirda ham tuman sektorlar rahbarlari ishtirok etdilar. Boshqarma boshlig’i hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish, uning oldini olish, 3- sektor hududida aholi muammolari bilan ishlash bo’yicha tegishli topshiriqlar berdi.

Baxmal tumani ichki ishlar bo’limi boshlig’i etib podpolkovnik Jalolov Asliddin Muhammadiyevich tayinlandi. U bugunga qadar Mirzacho’l tumani ichki ishlar bo’limi boshlig’i lavozimida ishladi. Tanishtiruv tadbirida viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i yangi rahbarlarning mehnat faoliyatlari xususida ma’lumot berdi. Shuningdek, joylarda mahallabay, xonadonbay ishlash, hududdagi kriminogen vaziyatlarni chuqur tahlil etib, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, fuqarolar xavfsizligi va osoyishtaligini ta’minlash bo’yicha galdagi vazifalarni amalga oshirish yuzasidan aniq topshiriq va ko’rsatmalar berdi.

 

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati.

Text to speech