Sharof Rashidov tumanida “Xavfsiz mahalla” tamoyili asosida ish olib borilmoqda
Sharof Rashidov tumanida “Xavfsiz mahalla” tamoyili asosida xavfsiz
muhitni yaratishga qaratilgan qo`shma Qaror ijrosi bo`yicha belgilangan
vazifalar doirasida keng qamrovli profilaktik tadbirlar o`tkazilmoqda. Bunda
asosiy e’tibor qizil toifadagi mahallalarni jinoyatdan holi hududga
aylantirishga qaratilmoqda. Shu ma’noda tashkil qilingan yo`riqnoma tadbirida
jalb etilgan kuch va tuzilmalar xodimlariga jinoyatchilikni jilovlash,
huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, hisobda
turgan shaxslar bilan “individual profilaktik” ishlarni olib borish bo`yicha
aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, xizmat intizomi va qonuniylikka rioya
qilish zarurligi uqtirildi. Shundan so`ng xodimlar belgilangan joylarda xizmat
vazifalarini bajarishni boshladi.
Shu kuni tuman IIB, viloyat hamda tuman prokuraturasi mutasaddilari
“qizil” toifadagi “Qatortol” mahallasida faollar bilan jinoyatchilikni
jilovlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi bandligini ta’minlash,
“xonadonbay” o`rganish orqali aniqlangan masalalarni o`z vaqtida hal qilish
borasidagi ishlar muhokama qilindi.
Xuddi shunday “Qo`shko`prik” mahallasida ham huquq-tartibot idoralari
xodimlarining tungi xizmat faoliyati ko`zdan kechirildi. Jamoat joylari, savdo
va xizmat ko`rsatish ob’ektlarida tadbirkorlar va fuqarolar bilan muloqot
qilinib, ularning muammoli masalalari o`rganildi.
Jarayonda
jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklarning oldini olish bo`yicha
idoralararo komissiyasi Sharof Rashidov tumani shtabida amalga oshirilayotgan ishlar
muhokama qilindi. Yig`ilishda jinoyatchilik sektorlar va mahallalar kesimida
tahlil qilindi. Viloyat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari tomonidan
o`tkazilgan o`rganishlar davomida belgilangan vazifalarning hal etilishiga ham
diqqat qilindi. Shu bilan birga kuzatuv kameralari o`rnatilishi, aholi
xonadonlari va ijtimoiy soha hamda iqtisodiyot tarmoqlari, tadbirkorlik
ob’ektlari qo`riqlovini tashkil etish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik
ishlarining borishiga ham e’tibor qaratildi.