Sharof Rashidov tumanida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o`tkazildi
Jizzax viloyati hokimining o`rinbosari Akmal
Savurboev boshchiligidagi viloyat IIB, DXX va O`zbekiston Respublikasi Milliy
gvardiyasi viloyat boshqarmalari, viloyat kambag`allikni qisqartirish va
bandlik bosh boshqarmasi boshlig`i hamda viloyat tashkilotlari rahbarlaridan
iborat ishchi guruh Sharof Rashidov tumani yoshlari bilan uchrashishdi.
Tumandagi 12- sonli o`rta umumta’lim maktabida o`tgan uchrashuv avvalida hudud
yoshlarining bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish, iste’dod va iqtidorlarini
namoyon etish borasidagi ishlarga e’tibor qaratildi.
Rahbar va yoshlar uchrashuvida yurtimizda o`nayotgan
avlodga, ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi va kelajakda jamiyatda
o`z o`rnini topishiga ko`maklashishga alohida e’tibor qaratilayotgani tilga
olindi. Shu nuqtai nazardan amalga oshirilayotgan ishlar va yaratilgan
qulayliklar qayd etildi.
Muloqot davomida tadbir ishtirokchilari o`zlarini
qiynayotgan muammolarini hal etishda yordam so`rashdi. KO`tarilgan har bir
masalani bartaraf etish, yoshlar bilan manzilli ishlash bo`yicha mutasaddilarga
aniq vazifalar yuklatildi.
Tadbir davomida o`tgan yil davomida hudud yoshlari
tomonidan sodir etilgan qonunbuzarliklar ham tahlil qilindi. Shuningdek,
kelgusida osoyishtalikni saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish,
ma’naviy-ma’rifiy, sport tadbirlari ko`lamini kengaytirish bo`yicha mas’ullarga
topshiriqlar berildi.