12 Oktyabr 2022 yil
513
Arzonning sho’rvasi tatimas
G’allaorol tumani Alamli mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi O’.S. 2021 yilning may oyida arzon narxda un olib berishni va’da qilib, shu tumanning Madaniyat mahallasida istiqomat qiluvchi G’.G’.dan 20 million so’m oldi. SHundan buyon olarmon unni ham, pulini ham ko’rmadi.
Ana shu yo’l bilan O’.S. 2021 yilning sentyabr’ oyida G’allaorol tumanining G’afur G’ulom mahallasida istiqomat qiluvchi U.M.dan 50 million so’m olgan. Jabrlanuvchilarning ichki ishlar organlariga qilgan murojaatidan so’ng tegishli tartibda jinoyat ishi qo’zg’atildi.