Qasddan odam o’ldirish bilan bog’liq jinoyatlar muhokamasi tanqidiy ko’rib chiqildi
Zarbdor tumanida yuz bergan qasddan odam o’ldirish bilan bog’liq sodir etilgan jinoyatlarning muhokamasida viloyat prokurori, viloyat IIB boshlig’i, tuman sektor rahbarlari, mutasaddi idoralarning rahbarlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Ish holatlariga ko’ra, 2021 yil 7 avgust kuni Zarbdor tumanida fuqaro T.A ukasi YU.T bilan tumandagi dala shiyponlarining birida spirtli ichimlik iste’mol qilib, aka-uka o’rtasida kelib chiqqan o’zaro janjal natijasida YU.T akasi T.Ani oshxona pichog’i bilan tanasining yuz va boshqa sohalariga bir necha marotaba urib tan jarohati yetkazishi natijasida voqea joyida vafot etgan.
SHuningdek, 2021 yil 8 avgust kuni Zarbdor tumanidagi mahallalarning birida yashovchi fuqaro A.N qayniukasi A.S bilan kelib chiqqan o’zaro janjal natijasida qayniukasi kelinoyisi A.Nni oshxona pichog’i bilan tanasining turli qismlariga urib tan jarohati yetkazganligi oqibatida vafot etgan.
Ushbu har ikki holatlar yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo’zg’atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yig’ilishda, viloyat prokurori Islomjon Ergashxodjayev tomonidan hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish ahvoli, mazkur jinoyatlarning kelib chiqishiga sabab bo’lgan shart-sharoitlarga batafsil to’xtalib, xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmagan va mas’uliyatsizlikka yo’l qo’ygan mas’ullarga intizomiy choralar ko’rilishini ta’kidladi.
SHuningdek, jinoyatchilikning oldini olish yuzasidan mas’ullarga aniq ko’rsatma va topshiriqlar berildi.