23 Mart 2022 yil 543

Asosiy maqsad – jinoyatchilikning olidini olish

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi sohaviy xizmatlari vakillari tomonidan shahar va tumanlar ichki ishlar bo’limlarining joriy yil yanvar’-fevral’ oylaridagi faoliyati o’rganib chiqildi.

Baxmal va G’allaorol tumanlarida bo’lib o’tgan yig’ilishni Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov boshqarib bordi. Tadbirda boshqarma sohaviy xizmatlari rahbarlari va o’rinbosarlari tomonidan tezkor-qidiruv, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi, probatsiya xizmati, yo’l harakati xavfsizligi, jamoat xavfsizligini ta’minlash, tergov, huquqiy-statistika va tezkor-hisob ma’lumotlar yo’nalishlarida aniqlangan kamchiliklar sanab o’tildi.

Xususan, o’tmish jinoyatlarini fosh etish, ochilmay qolayotgan jinoyatlar, qidiruvdagi shaxslarni qo’lga olish, odam savdosi qurbonlari hamda tazyiq va zo’ravonlik ostida qolgan xotin-qizlarni aniqlash, profilaktik hisobda turganlar, probatsiya xizmati nazorati ostida bo’lgan shaxslar, giyohvandlar, ichkilikbozlar, oilaviy janjalkashlar, yo’l harakati qoidalarini buzuvchilar bilan ishlashda yo’l qo’yilgan nuqsonlar tahlil etildi. SHuningdek, ish hujjatlarini yuritish, ma’muriy huquqbuzarliklarni aniqlash, tashabbus bilan jinoyatlar ochish borasidagi chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Ushbu yig’ilishlar tanqidiy ruhda o’tib, muammolar va nuqsonlarning sabab va omillari tahlil etildi va qoniqarsiz faoliyat yuritayotganlar qat’iy ogohlantirildi. Aniqlangan kamchiliklarni tez kunda to’liq bartaraf etish topshirig’i berildi. Xizmat intizomi va qonuniylik, ishga mas’uliyat bilan yondashish, bilim va malakalarni oshirishga oid chora-tadbirlar belgilab olindi. Asosiy e’tibor esa huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, jinoyatlarni fosh qilishga qaratildi.

Text to speech