14 May 2024 yil 4952

Qat’iy topshiriqlar berildi


Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasida yoshlarga biriktirilgan prokuratura, ichki ishlar organlari, milliy gvardiya, favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, bojxona, mudofaa kabi bir qator tizimlar mas’ullaridan iborat ishchi guruh a’zolari ishtirokida videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i, general-mayor G`ayrat Qodirov raisligida tashkil etilgan tadbirda ishchi guruhning yoshlar muammolarini hal qilish borasidagi faoliyati tahlil etildi.

Xususan, yoshlarni kasb-hunarga yo`naltirish, ularning bandligini ta’minlash, ehtiyojga ko`ra ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va psixologik yordam ko`rsatish borasida yo`l qo`yilgan kamchiliklar tilga olindi. Shuningdek, viloyatda yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar shahar va tumanlar kesimida tahlil qilinib, qonunbuzarliklarning oldini olish hamda yoshlar bilan ishlashga mas’ul idoralarning rahbar xodimlariga vaziyatni o`nglash yuzasidan qat’iy topshiriqlar berildi.  

Ma’lumot o`rnida aytish kerak, mazkur yo`nalishdagi ishlar respublika Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 13 sentyabrdagi “Uyushmagan yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish ishlarini yagona yondashuv asosida tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori asosida bajarilmoqda.

Text to speech