7 Dekabr 2021 yil 611

Avtoulov olib qochgan shaxsga jinoiy ish ochildi

Jizzax viloyati Paxtakor tumani Dilorom mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi I.YU. o’zi istiqomat qiladigan hududda “Neksiya”si yuritgichini o’t oldirib, qarovsiz qoldirgan. Bundan noma’lum shaxs foydalanib, avtoulovni olib qochdi. Ko’p o’tmay ichki ishlar organlari xodimlari tumanning Samarqand mahalla fuqarolar yig’ini hududida “Neksiya”ni soz holda topdilar.

SHundan so’ng avtoulovni olib qochgan shaxsni aniqlash choralari ko’rildi. U Zafarobod tumanining Zafarobod shaharcha fuqarolar yig’inida yashovchi SH.E. bo’lib chiqdi. Ayblanuvchidan daliliy ashyo sifatida avtoulov kaliti olingan. Ayni damda u vaqtincha saqlash hibsxonasida.

Text to speech