7 Dekabr 2022 yil 598

Avtoulov sotib, boshini g’avg’oga qo’ydi

Jizzax shahrining Bobur mahallasida yashovchi B.M. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, unga SHarof Rashidov tumani Toqchilik mahallasida yashovchi M.Q. firib berganligini bildirgan.

Ma’lum bo’lishicha, M.Q. 2020 yilning 21 mart kuni arizachining “Jentra”sini 10 ming 500 AQSH dollariga baholab olgan. Ammo kelishilgan pulning 1 ming 700 AQSH dollarini berib, qolganini 1 oy ichida yetkazishni va’da qilgan.

SHundan buyon arizachi pulini ololmayapti. Bu ham yetmaganidek, M.Q. puli chala to’langan “Jentra”ni Jizzax shahrining Madaniyat mahallasida yashovchi T.X.ga 7 ming 900 AQSH dollariga sotib yuborgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atildi. 

Text to speech