18 Oktyabr 2021 yil 619

Avtoulovdagi yuk tashvish keltirdi

Ichki ishlar organlari xodimlari Jizzax viloyati Do’stlik tumani Navro’z shaharcha fuqarolar yig’ini hududida SHarof Rashidov tumani Taraqqiyot mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi haydovchi boshqaruvidagi “Neksiya”ni to’xtatib, tekshirganlarida avtoulovda 253 kilogramm paxta xom ashyosi borligi aniqlandi.

SHuningdek, mazkur shaharcha fuqarolar yig’inida to’xtatilgan, SHarof Rashidov tumani Taraqqiyot mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi haydovchi boshqaruvidagi “Gazel’”da 700 kilogramm paxta borligi ayon bo’ldi.

Viloyatning Mirzacho’l tumani YAngidala qishloq fuqarolar yig’inida esa SHarof Rashidov tumani Paxtaobod mahallasida yashovchi haydovchi boshqaruvidagi  “Neksiya” to’xtatildi. Avtoulovda 180 kilogramm paxta xom ashyosi olib ketilayotgan ekan.

Xuddi shunday Mirzacho’l tumani Bog’bon qishloq fuqarolar yig’ini hududida SHarof Rashidov tumani Paxtaobod mahallasida yashovchi haydovchi boshqaruvidagi “Neksiya” to’xatatib tekshirildi. Bu avtoulovdan 300 kilogramm paxta xom ashyosi chiqdi.

Haydovchilarning hech biri avtomashinalaridagi mahsulotlarga oid hujjatlarni taqdim qilolmaganlar. Mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotir.

Hujjatlashtirilgan xom ashyo paxta qabul qilish punktlariga topshirildi.

Text to speech