4 Mart 2023 yil 266

Ayol – hayot charog’boni

Jizzax viloyati IIBda “Ayol – hayot charog’boni” mavzuida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Viloyat IIB boshlig’ining o’rinbosari, podpolkovnik Hamidullo Abdullayev boshqargan tadbirda mavzu yuzasidan O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Hayot SHodmon ma’ruza qildi. Notiq yurtimizda xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar xususida so’z yuritdi. SHu bilan ta’lim olishi uchun berilgan imtiyozlar, jamiyatda olima ayollar ulushini oshirish choralari tilga olindi.

Ma’rifatda joriy yilning 19 yanvardagi hukumat qarori bilan ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo’yicha bo’linmalari huzurida “To’maris izdoshlari” jamoaviy guruhlari faoliyati tashkil etilgani aytildi. Xotin-qizlarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi rolini kuchaytirish, ularning siyosiy huquqlarini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani tufayli ularning jamiyatdagi tutgan o’rni yuksalayotgani qayd etildi.

Tadbir davomida qonunchilikdagi yangilik va o’zgarishlar xodimlarga yetkazildi. SHu bilan birga jinoyatchilikni jilovlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etishi zarurligi ta’kidlanib, an’anaviy tarzda savol-javob o’tkazildi.

Text to speech