30 Dekabr 2022 yil 418

Bayram kunlari kuchaytirilgan tartibda xizmat olib boriladi

Yangi yil bayrami kunlarida Jizzax viloyati ichki ishlar organlari xodimlari, Milliy gvardiya va boshqa mas’ul davlat va jamoat tashkilotlari vakillari osoyishtalik va jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida kuchaytirilgan tartibda xizmat olib bormoqdalar. SHu maqsadda xizmatga chiqayotgan xodimlarga Jizzax viloyati IIB boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov tomonidan yo’riqnoma berildi. 

Bu jarayonda ko’p qavatli uylarning tom va yerto’lalari, korxona va tashkilotlar, mehmonxona, yotoqxona, ta’lim muassasalari, savdo, ovqatlanish va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari, tashlandiq binolarni ko’zdan kechirish, ichki ishlar organlarida hisobda turgan shaxslar bilan profilaktik tadbirlarni amalga oshirish, huquqbuzarliklarni aniqlash, jinoyatlarni fosh etishga oid topshiriqlar berildi.  SHuningdek, is gazidan zaharlanishning oldini olish hamda yong’in xavfsizligini ta’minlash bo’yicha tushuntirish olib borish yuzasidan tavsiyalar berildi.

 

 

 

 

 

 

Text to speech