25 Oktyabr 2025 yil 116

Bayram munosib nishonlandi

25 oktyabr - Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan Jizzax viloyati hokimligida o‘tkazilgan tantanada soha xodimlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas’ullari hamda faollar qatnashdi. Tadbir avvalida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Mustafoev va boshqa mas’ullar yig‘ilganlarni qutladi.

Mazkur jarayonda davlatimiz rahbarining 2025 yil 24 oktyabrdagi  “Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni asosida “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan Sharof Rashidov tumani IIB probatsiya guruhi inspektori Xurshid Maxmudov taqdirlangani ma’lum qilindi.

Shuningdek, hamkasblariga ibrat ko‘rsatayotganlar “A’lo xizmatlari uchun”, “Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun”, “Kinolog”, yana qator faxriylarga “Ichki ishlar organlarining faxriy xodimi” ko‘krak nishonlari hamda navbatdagi va navbatdan tashqari maxsus unvonlar topshirildi. Bir qancha ilg‘orlar esa faxriy yorliq, tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi.

Tantanada “Eng yaxshi ma’naviy-ma’rifiy ishlar targ‘ibotchisi”,  “Eng yaxshi tergovchi”, “Eng yaxshi tezkor xodim”, “Eng yaxshi profilaktika inspektori” ko‘rik-tanlovlari g‘oliblari mukofotlandi. 

 

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati.

Text to speech