29 Dekabr 2021 yil
759
“Baliqchi” ushlandi
Ichki ishlar organlari xodimlari Jizzax viloyati Arnasoy tumani Tinchlik mahalla fuqarolar yig’ini hududida harakatlanayotgan “Neksiya”ni to’xtatib, tekshirdilar.
Mazkur jarayonda avtoulov saloni va yukxonasida 188 kilogramm turli xildagi baliqlar borligi ma’lum bo’ldi. Mirzacho’l tumanining Do’stlik mahalla fuqarolar yig’inida yashaydigan haydovchi mahsulotga oid hujjatlarni taqdim qila olmagan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o’tkazilmoqda.