29 Dekabr 2021 yil
707
Baliqlarni olib ketolmadi
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan Jizzax viloyati Arnasoy tumani Tinchlik mahalla fuqarolar yig’inida harakatlanayotgan “Neksiya” to’xtatib, tekshirildi.
Mazkur jarayonda avtoulov saloni va yukxonasida 515 kilogramm turli xildagi baliqlar borligi aniqlandi. Toshkent shahri Mirzo Ulug’bek tumani Bo’z-1 massivida istiqomat qiladigan haydovchi mahsulotga oid hujjatlarni taqdim eta olmadi.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.