24 Fevral 2023 yil 438

Baxmalliklarga “yashil” energiyadan foydalanish tavsiya etildi

Joriy yil 10 fevral’ kuni mamlakatimiz Prezidenti Jizzax viloyatiga tashrifi davomida sektorlar rahbarlariga ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni kuchaytirish, xususan muqobil energiyadan foydalanishni keng joriy etish yuzasidan topshiriqlar bergan edi. SHu ma’noda Jizzax viloyati IIB boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov hamda viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig’i Bekzod Toshpo’latov Baxmal tumani hokimligida tashkilot, korxona va muassasalar mutasaddilari, tadbirkorlar hamda mahalla fuqarolar yig’inlari raislari bilan muloqot o’tkazdi.

SHuningdek, tadbirda mutaxassislar tomonidan 1 kilovattdan 100 kilovatgacha miqdorda elektr quvvati ishlab chiqaradigan quyosh panellari haqida tushuncha berildi. Xususan, mazkur qurilmalarning turlari, o’rnatish tartiblari, texnik shartlari, bu maqsadda ajratiladigan kreditlar va imtiyozlar tilga olindi.

Text to speech